DASTA — 1) buyum va asboblarning ushlanadigan qismi;
2) bir oʻram, bir tutam maʼnosini ham anglatadi (bir Dasta gul, bir Dasta qogʻoz);
3) torli sozlarning chap qoʻl bilan ushlanadigan qismi (grif). Tanbur, sato, dutor, rubob singari anʼanaviy sozlarning Dasta lari nisbatan uzunroq boʻlib, ularga ichak yoki ip pardalarn bogʻlanadi. Ayrimlariga yogʻoch, suyak pardalar ham yelimlab yopishtiriladi yoki sim, metall pardalar oʻrnatiladi. Ijrochi Dastaning pardalariga barmoqlar b-n bosib, tor tovushlarining pastbalandligini oʻzgartiradi. Gʻijjak, doʻmbira kabi sozlarning Dastasi pardasiz. Bunday cholgʻularda tovushlarning oʻrni sozandaning barmoqlari bilan musiqa uquvi orqali topib bosiladi;
4) musiqa asari ijrochilari guruhi — ayni ansambl.