DASTAKI MASHINALAR

DASTAKI MASHINALAR, mexa nikaviy asboblar — motori (dvigateli) ichiga oʻrnatib ketiladigan va qoʻlda ishlatiladigan texnologik mashinalar. Asosiy Dastaki mashinalar jumlasiga parmalash, silliklash-yaltiratish mashinalari (asboblari), mexanik arralar, qaychilar, bolgʻalar kiradi. Dastaki mashinalar yuritmasi pnevmatik (havoli), elektrik, gidravlik (suyuqlikli) va b. boʻlishi mumkin. Dastaki mashinalarni operator (malakali ishchi) ishlatadi. Motorsiz Dastaki mashinalar (mas, arra, randa, parma va b.) dastaki (qoʻlda ishlatiladigan) qurollar deb ataladi.

Prev Article

DASTAK

Next Article

DASTGOH