DASTKARD

DASTKARD, Dastkart (paxlaviycha; armancha — dastakert) — Parfiya davlati, Sosoniylar Eroni va Armanistonda (taxm. 5-a. gacha) xususiy yoki podshoga qarashli boʻlib qullar tomonidan ishlov beriladigan yer-mulk. Dastkard deb qoʻl mehnati b-n ishlov berilgan alohida yer uchastkasi ham atalgan; paxlaviy manbalarida Dastkard qishloqlar (deh), yaʼni qishloq jamoalaridan, arman manbalarida esa qishloq jamoalari (shen) dan alohida qayd etib oʻtilgan. Oʻrta Osiyoda Dastkardga mehnat faoliyati jihatidan posira toʻgʻri keladi.

Prev Article

DASTGOH

Next Article

DASTLABKI URUGʻCHILIK