DASTLABKI QAMOQ

DASTLABKI QAMOQehtiyot chorasi sifatida qamoqda (hibsda) saqlash. Ayblanuvchi, sudlanuvchi sodir etgan, OʻzR JKda nazarda tutilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatning xavfliligi tufayli u surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan yashirinishi mumkin, degan oʻrinli taxmin ham mazkur chorani tanlash uchun asos boʻlishi mumkin. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish JKda 1 yildan ortiq (alohida hollarda — 1 yildan oshmaydigan) muddatga ozodlikdan mahrum etish tariqasida jazo berish nazarda tutilgan jinoyatlarga doyr ishlar boʻyicha; faqatgina ushlab turilgan, gumon qilinayotgan shaxsga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilgan shaxsga nisbatan turli muddatlar belgilanib qoʻllanilishi mumkin.

Prev Article

DASTLABKI TERGOV

Next Article

DASTMOYA