DATSIT

DATSIT (lot. Dacia — Dakiya) — nordon effuziv togʻ jinsi. Granodiorit va kvarsli dioritlarning effuziv turi. Datsit paleozoy (Ural), mezozoy, kaynozoy (Kavkaz) davridagi vulkanlardan otilib chiqqan. Shuningdek, Datsit keyingi paytda Kamchatkadagi vulkan lavalaridan ham hosil boʻlgan. Oʻzbekistonda ChatqolQurama, Hisor togʻlarida tapqalgan. Datsit bor joyda alyuminiy, oltin, mis, polimetall konlari boʻlishi mumkin. Datsit qurilish materiali.

Prev Article

DAXLSIZLIK HUQUQI

Next Article

DASHNAKSUTYUN