DAVIDOV Pyotr Semenovich

DAVIDOV Pyotr Semenovich (1900.5.5 — 1963.30.3, Toshkent) — aktyor. Oʻzbekistan xalq artisti (1950). 1918—24 y. lar Samara, 1924—37 y. lar Chelyabinsk, Irkutsk, Ashxobod va b. shahar teatrlarida, 1937-y. dan Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatrida ishlagan. Eng yaxshi rollari: Dikoy («Momaqaldiroq»), Karenin («Anna Karenina»), Maxmudov («Sotqinlar»), Azizboy («Sharq tongi»), shahar hokimi («Revizor»), Rahimjon («Shohi soʻzana») va b. Ijroda yuksak madaniyat, mahorat, ishonarli talqin D. ijodiga xos.

Prev Article

DAVID

Next Article

DAVLAT