DAVLAT — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. Davlat jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. Davlat toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. Davlat va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.
Davlat masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. Davlat hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. Davlat toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxm. 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik xarakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. Davlatning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. Davlat boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.
Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga, keyinchalik Davlat toʻgʻrisidagi dunyoviy qarashlar, gʻoyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J. J. Russo, G. Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy Davlat larda ana shu mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan darajada oʻz aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va h. k.) asosida Davlatga birlashadilar, deb hisoblagan. Davlatga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. «Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yoʻlida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi» (Grotsiy), «Davlat huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir» (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden «Davlat ichki va tashqi siyosatda mustaqildir», deyish bilan suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J. J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshligʻi yoki bir necha kishilar boʻli-shi mumkinligini eʼtirof etgan. U D. zimmasiga «qoʻl ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi», deb yozgan. Davlat haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil boʻlmasin, Davlatning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni oʻz yoʻli bilan kechdi.
Davlatning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki Davlatlar sugʻoriladigan dehqonchilik hududlari — Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sugʻorish shoxobchalarini bunyod etish bilan mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Davlatning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, firʼavn, xon va q. k.), quyiroqda — uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amal-dorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. Davlat oliy hukmdor sanalib, jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi. Jamiyatning barqaror tabiati Davlatning tub oʻzgarishlarsiz yashashini taʼminlab keldi. Chunonchi, qad. Misr D. i mil. av. 4—3-ming yilliklarda paydo boʻlib, 30 a. dan koʻproq yashadi. Gʻarb davlatlari Sharq D. laridan ancha keyin paydo boʻlgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi oʻzgarishlar Davlat larning yangi-yangi tiplarini vujudga keltirib chiqargan.
Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni arxeologiya fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va qad. dunyo (Yunonrim) davriga taallukli manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning nomlary, aholining tur-mushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish mum-kin. Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga oʻtish jarayoni mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida boshlandi. Mil. av. 7—6-a. larda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik Davlatlar — «Katta Xorazm» va qad. Baqtriya podsholigi mavjud edi. Soʻgʻdiyona va Fargʻona vi-loyatlari qad. tarixning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Asrlar davomida oʻzbek xalqi ajdodlari chet el bosqinchilari (axomaniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarib turdi. Keyingi asrlar davlatchilik tarixini oʻrganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narsha-xiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va b. mualliflar asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻrta asrlarda oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalarining yirik Davlat lari vujudga keldi. 12-a. ning oʻrtalarida xorazmshoxlar mamlakatni markazlashtirishga hara-kat qildilar, ammo bu jarayonga moʻyeul istilosi toʻsiq boʻldi. Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur hukmronligi davri bilan uzviy bogʻliqdir. Bu davrda hamma soha — iqtisodiy hayot, meʼmorlik, hunarmandchilik, ilm-fan, sanʼat yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy anʼana Ulugʻbek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda oʻzaro nizolar va ku-rashlarga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni kuzatish mumkin. 18-a. oʻrtalariga kelib Oʻrta Osiyo hududida uchta Davlat (Buxoro xonligi, Xiva xonligi va Koʻqon xonligi) paydo boʻldi. Afsuski, ular oʻrtasida birlik boʻlmadi, siyosiy qara-maqarshiliklar, oʻzaro kurashlar avj oldi. Bunday vaziyatda Oʻrta Osiyo xonliklari podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilinib, Turkiston oʻlkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan boshlab oʻlkada istiqdolga erishish va milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari boshlandi, ayniqsa, 20-a. ning 1-choragida bu kurash oʻzining yuqori nuqtasiga chiqsi. Oʻzbekiston D. mustaqilligi eʼlon qilinguncha, oʻzbek xalqi oʻz hayotida mana shunday murak-kab tarixni boshidan kechirdi (q. Oʻzbekiston Respublikasi).
Turli xalqlar oʻz davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy vazi-yatlarga bogʻliq holda turli tarixiy davrlarda bosib oʻtdilar. Yer yuzida oʻz davlatchiligini hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan boʻlib, ularning ijtimoiy-iqti-sodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urugʻ va qabilaning maʼnaviy oʻlchamlari, urugʻ boshliqlarining obroʻ-eʼtibori b-n boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti amdir. Biroq yaqin-yaqingacha xukm surib kelgan markscha-lenincha taʼlimotga koʻra, Davlat sinfiy xarakterga ega, hukmron sinflarning qoʻlidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, pirovardida Davlat oʻz qiyofasidan maxrum boʻladi va dastavval «yarim davlat»ga aylanib, keyinroq (zarurat boʻlmaganligi bois) umuman barham topadi. Leninning «Davlat va revolyutsiya» asarida bayon etilgan bu xildagi «nazariy qoida»larning tagi puch ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi. Tarixiy taraqqiyot shuni koʻrsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, Davlat siz yashay olmagan, aksincha tom maʼnodagi Davlatning rivojlanishi jamiyatning kjsalishiga olib kelgan. Zotan Davlat jamiyatda bar-cha sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa nodavlat tashkilotlardan oʻzining asosiy belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi hamma uchun majburiyligi b-n farklanadi.
Davlatning asosiy belgilari. Davlatning belgilari toʻgʻrisidagi masalani huquqshunoslar turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda aholining hududiy boʻlinishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat, soliqlar ti-zimi alohida ajratib koʻrsatilgan. Hoz. vaqtda Davlatning umumiy eʼtirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini koʻrsatish mumkin: D. oʻz chegaralari doirasida fuqarolik belgisi boʻyicha birlashgan butun jamiyat, aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; D. — suveren hokimiyatning yagona egasidir; D. — yuridik kuchga ega boʻlgan va huquq normalarini aks et-tirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul kidali; D. — oʻz funksiyalarini bajarish uchun zarur Davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari — sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, oʻz mudofaasi, su-vereniteti, hududiy yaxlitligini va xavfsizligini taʼminlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega boʻladi (q. Davlat xavfsizlik organlari).
Davlat tiplari va shakllari. Davlatshunos olimlar Davlatni oʻrganishga tarixiy jihatdan yondashib, qad., oʻrta asr hamda xoz. Davlatlarni ajratib koʻrsatadilar. Tarixiy va madaniy rivojlanish qoʻshib hisobga olinadigan boʻlsa, deqqonchilik bilan shugʻullanuvchi va sanoat bilan shugʻullanuvchi (yoki industrial taraqqiyotgacha, industrial va postindustrial) Davlat larga boʻlinishi mumkin. Sivilizatsiya xarakteriga koʻra, Davlatlar sharqiy, gʻarbiy va aralash (oraliq) D. larga, iqtisodiy taraqqiyot darajasi boʻyicha esa, yuksak rivojlangan, oʻrtacha rivojlangan hamda «kambagʻal» D. larga ajratiladi. Hoz. zamonda fanda keng foydalanilayotgan Davlat tasnifi quyidagicha: totalitar, avtoritar, liberal va demokratik Davlat lar. Liberal Davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat hayotining barcha sohalarida rasman amal qiladi, Davlat ishlarida fukarolarning rasman ishtiroklariga yoʻl qoʻyiladi. Man etilmagan hamma narsaga ruxsat etiladi, biroq mavjud Davlat va ijtimoiy tuzumni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Totalitar Davlatda hamma narsa bir gʻoyaga — «Davlat — bu hamma narsa, inson esa — hech nima» degan gʻoyaga boʻysundirilgan. Butun qokimiyat hukmron elita qoʻlida boʻlib, boshqalar Davlatni boshqarishdan chetlatilgan. Avtoritar Davlatda ham hokimiyat tor guruq kishilar qoʻlida boʻlib, shaxsiy manfaatlar Davlat manfaatlari yoʻlida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat etilganidan tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi. Demokratik Davlat fuqarolarning Davlat va jamoat ishlarini boshqarishdagi xuquklarini amalda taʼminlaydi, shunday ishtirokka amalda yordam beradi. Shaxsning huquq va erkinliklari doirasi juda keng boʻlib, ularni amalga oshirish taʼminlangan boʻladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlanmagan hamma narsaga yoʻl qoʻyiladi (q. Demokratiya).
Davlat qurilishida Davlat shakli katta rol oʻynaydi. Yangi Davlatlar tashkil topayotganda uning shakli toʻgʻri tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. Davlat shakli boshqaruv shakli, Davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli (tartib, rejim) tushunchalarini oʻz ichiga oladi. Davlat boshqaruv shakli — D. hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv shaklining eng qad. va xrz. kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublikanku. Monarxiya koʻproq Qad. Sharq, shu jumladan, Turon zaminida tashkil topgan Davlatlar shakli edi. Monarxiyaningoʻzi ham mutlaq monarxiya vacheklangan monarxiya koʻrinishlariga ega. Mutlaq monarxiya Davlat larida Davlat boshligʻining hukuqi cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga oʻtadi, Davlat boshligʻining ustidan nazorat yoʻq va u hech kimga hisobot bermaydi. Oʻzbekistonda Davlat va huquq nazariyasi hamda tarixining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O. Eshonov, M. H. Hakimov, A. A. Aʼzamxoʻ-jayev, Sh. Z. Oʻrazayevnish olib borgan i. t. lari b-n bogʻliq. Jamiyat taraqqiyo-tidagi yangi realliklar Davlat toʻgʻrisidagi fanga tamomila yangicha yondashuvlarni taqozo etdi. Davlat shunoslik, yangi tashkil topgan Davlat lardagi siyosiy tizimlar tarixi va ularning rivojlanishi, demokratik in-tlar tuzilishi, ularning huquqiy Davlat hayotidagi oʻrni xolisona tadqiq qilina boshladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining huquqiy asoslari va demokratik jamiyat barpo etish muammolari (A. A. Azizxoʻjayev), Oʻzbekistonda Davlat boshqaruvi va Davlat hokimiyatini tashkil etish masalalari (A. Toʻlaganov), D. suvereniteti (M. Fayziyev), davlat hamda qonun chiqaruvchi organlarning tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi, vakolatlari muammosi, ularning ijtimoiy va Davlat xayotidagi roli (3. M. Islomov, S. D. Niyatullayev, U. Tojixonov, O. T. Husanov), huquqiy munosabatlar (X. T. Odilkrriyev), inson huquqlari, xalqaro huquq (A. Saidov), huquqiy parlamentarizmning rivojlanishi (E. H. Hali-lov), oʻzbek davlatchiligi tarixi (A. Ziyo) boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ad.: Karimov I. A., Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq, T., 1998; Karimov I. A., Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari, T., 1998; Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Temur tuzuklari, T., 1996; Nik-kolo Makiavelli, Gosudar, M., 1990; Gobbs, Sochineniye v 2-x tomax, M., 1992; Aʼzamxoʻjayev A. A., Oʻzbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari, T., 1993; Boboyev H., Amir Temur va uning qarashlari, T., 1992; Davlat va ququq nazariyasi (masʼul muharrirlar: H. B. Boboyev, H. T. Odilqoriyev), T., 2000; I slomov 3., Davlat va huquq: umumnazariy masalalar, 2000; Saidov A., Tojixonov U., Davlat va Huquq nazariyasi [2 jildli], 1-jild, Davlat nazariyasi, T., 2001; Istoriya politicheskix i pravovыx ucheniy, M., 1996; Avesto va uning insoniyat taraqqiyotidagi oʻrni, T., 2001; Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov Oʻ., Norqulov N., Oʻzbekiston tarixi; davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000; Ziyo A., Oʻzbek davlatchiligi tarixi (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar), T., 2000; Oʻzbekistan davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.
Halimboy Boboyev, Olim Husanboyev.