DEAERATOR

DEAERATOR (de… va ayeg — havo) — suvni unda erigan (jihozlarni zanglatadigan) kislorod va karbonat angidridsgm tozalaydigan apparat. Termik, kimyoviy, desorbsion va b. xillari bor. Termik (issiqlik) D. da zararli gazlar suvni isitish vaqtida chiqib ketadi. Kimyoviy Deaeratorda natriy sulfitdan foydalaniladi. Desorbsion Deaeratorning ishi sorbsiya (gaz, bugʻ va erigan moddalarning qattiq jism yoki suyuklikda yutilishi) ga teskari jarayon (de-sorbsiya) ga asoslanadi. Bugʻ generato-pura beriladigan taʼminlash suvini va issiqlik tarmogʻiga yuboriladigan qoʻshimcha suvni tozalash (deaeratsiyalash) uchun Deaerator issiqlik elektr st-ya (IES—TES)lariga, energetika qurilmalariga, kichikroq qozonxonalarga oʻrnatiladi.

Prev Article

DDT

Next Article

DEVAY