Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

DEMARSH

DEMARSH (frans. demarche — chiqish) — bir davlat hukumati, tashqi ishlar mahkamasi yoki diplomatik vakilining biron-bir masala boʻyicha boshqa davlatga noroziligi, iltimosi, taklifi yoki ogoxlantirishi. Nota, ultimatum, memorandum, bayonot va b. da izhor etilishi, diplomatik vakilni chaqirib olishda namoyon boʻlishi mumkin. Hoz. xalqaro huquq normalariga muvofiq kuch bilan tahdid qilish Demarsh mazmuni boʻlolmaydi.

Prev Article

DE MARKO

Next Article

DEMETRA