DEMOSFEN

DEMOSFEN (Demosthenes) (mil. av. 384—322) — yunon notigʻi, siyosiy arbobi. Afinadagi demokratik kayfiyatdagi guruhning yoʻlboshchisi. Notiklik sanʼatidan dars bergan, sud mahkamalarida, yigʻilishlarda nutq soʻzlagan (61 nutqi, 56 maʼruzasi saqlanib qolgan). Butun umri davomida Afinaning mustaqilligi va Yunoniston polislarining Makedoniyaga qarshi birlashishi uchun kurashgan. Makedoniya podshosi Filippga qarshi qaratilgan bir qancha nutq soʻzlagan (bu nutklar «filippik» nomi bilan mashhur). Hayotining soʻnggida, dushmanlari taʼqibiga uch-rab, Afinadan qochgan va zahar ichib oʻlgan.

Prev Article

DEMOS

Next Article

DEMPING