DEVAY

DEVAY (Debye) Peter Yozef Vilgelm (1884.24.3, Maastrixt — 1966.2.11, Itaka, AQSH) – golland fizigi va fizikkimyogari. 1940-y. dan AQSHda. Berlin un-ti (1935-y. dan) va Itaka (AQSH)dagi Kornell un-ti prof. (1940-y. dan). Ilmiy ishlari qattiq jismlarning kvant nazariyasiga oid (qattiq jiyemning Devay modeli, Devay t-rasi, Devay issiklik sigʻimi qonuni). Qutbli va qutbsiz erituvchilar eritmalaridagi molekulalarning dipol momentlarini tekshirib (1912), dipol momenti nazariyasiga asos solgan. E. A. Xokkel bilan birgalikda kuchli elektrolitlar na-zariyasi (Debay — Xokkel nazariyasi)ni ishlab chiqqan (1923). Polikristall materiallarning ichki tuzilishini rentgen nurlari yordamida oʻrganish usuli (D. —Sherrer usuli)ni ishlab chik,qan. Kompton effektini tushuntirgan, ultratovushda difraksiya hodisasini aniklagan, polimerlarning tuzilishini tekshirgan. Qattiq jismlar, atomlar, elektrolitlar oʻtkazuvchanligi va b. ga oid asarlar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1936).

Prev Article

DE...

Next Article

DEBAY