DIELEKTRIKLAR

DIELEKTRIKLAR (dia… va ing. electric — elektr) — elektr tokini deyarli oʻtkazmaydigan material (modda) lar; solishtirma elektr qarshiligi — 107—1020 Omm, dielektrik kirituvchanligi — 4—104. D. elektr tokini oʻtkazgichlarga nisbatan 1015—1020-marta yomon oʻtkazadi. «D» atamasini fanga M. Faradey kiritgan. Ionlashmagan barcha gazlar, baʼzi suyukliklar va qattiq jismlar Dielektriklar hisoblanadi. Tashqi elektr maydon taʼsiri boʻlmagan hollarda Dielektriklarni kutbli Dielektriklar hamda qutbsiz Dielektriklarga ajratish mumkin. Bunda Dielektriklar molekulalarining dipol momentlari nolga teng (qutbsiz molekulalar) yoki fazodagi yoʻnalishlar boʻyicha ixtiyoriy ravishda taqsimlangan boʻladi (qutbli molekulalar). Ikkala holda ham Dielektriklarning yigʻindi elektr momenti nolga teng boʻladi. Qutblanish elektr maydon kuchlanishiga, t-raga, muhitning elektr xossasiga bogʻliq. Qutbli Dielektriklarga spirt, toza suv; qutbsiz Dielektriklarga inert gazlar, kislorod, vodorod, benzol, polietilen va b. kiradi.

Qutbli molekulalardan tashkil topgan Dielektriklar elektr maydonga joylashtirilganda, har bir dipolni maydon kuchlanganligi yoʻnalishida buruvchi taʼsir kuchlari vujudga keladi. Ammo toʻla burilishga issiklik harakatlari toʻsqinlik qiladi. Natijada musbat zaryadlar elektr maydon yoʻnalishida, manfiy zaryadlar esa teskari yoʻnalishda koʻchadi. Umuman barcha turdagi qutblanish natijasida tashqi maydon kuchlanganlik chiziqdari Dielektriklardan chiqayotgan nuqtalarda musbat va Dielektriklarga kirayotgan nuqtalarda manfiy bogʻlangan zaryadlar hosil boʻladi. Azot, kislorod, vodorod gazlari, toluol, benzol suyuqliklari va polistirol, polietilen, naftalin kabi kat-tik moddalar bularga misol boʻla oladi. Qutblanish elektronlar va ionlarning siljishi tufayli vujudga kelsa, bundan Dielektriklarning dielektrik kirituvchanligi 4 dan 15 gacha qiymatlarga ega boʻlishi mumkin.

Tashqi maydon boʻlmaganda oʻz-oʻzidan qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan Dielektriklar guruhi ham mavjud. Ular segneto-elektriklar deb ataladi. Ularning dielektrik kirituvchanligi bir necha mingga yetishi mumkin. Segnetoelektriklarda deformatsiya vaqtida qutblanishi kuzatiladi. Bu hodisa pyezoelektrik effekt deb yuritiladi.

Dielektriklar qattiq (organik, anorganik), suyuq va gazsimon xillarga boʻlinadi. Qattiq organik Dielektriklarga sellyuloza, kauchuk, qat-ron, bitumlar, parafinlar, mum, yogʻoch, qogʻoz, plastmassalar, lok boʻyoqlar va b. kiradi. Bular kuch, signal ka-bellarini izolyatsiyalashda, kondensatorlar, gʻaltaklar, qistirmalar tayyorlashda, elektr apparaturalar simlari va chulgʻamlarining izolyatsiyalariga shimdirishda ishlatiladi. Qattiq anorganik Dielektriklarga radiotexnik keramika, segnetoelektriklar, pyezoelektriklar, elektronik shisha, slyudalar va b. kiradi. Bulardan izolyatorlar, yuqori chastotali kondensatorlar, pyezoelementlar, ballonlar, elektrovakuum asboblar va b. tayyorlanadi. Suyuq Dielektriklarga kuch transformatoriga, yuqori kuchlanishli ulab-uzgichlarga quyiladigan mineral moylar misol boʻladi. Gazsimon Dielektriklarga elegaz [oltingugurt (VI) – ftorid], vodorod, inert gazlar, havo va b. kiradi. Elegazlar kondensator va kabellarda, vodorod turbogeneratorlarda, inert gazlar ion asboblarda ishlatiladi.

Prev Article

DIELEKTRIK ANTENNA

Next Article

DMITRIY DONSKOY