DIFFERENSIATSIYA

DIFFERENSIATSIYA, magma differensiatsiyasi — fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida magmadan kimyoviy tarkibi turlicha yoki turli nisbatdagi bir xil minerallardan tashkil topgan jinslarning hosil boʻlishi. Differensiatsiyani likvatsion (yoki asl magmatik) va kristallanish (yoki gravitatsion) turlari boʻladi. Likvatsion Differensiatsiyaning togʻ jinslarini hosil boʻlishidagi roli juda cheklangan boʻlib, bunda magma silikat angidrid (SiO2), karbonapiar, temir silikatla-rp, temir oksidlari va shunga oʻxshashlardan tashkil topgan qatlamlarga boʻlinib ketadi. Kristallanish Differensiatsiyasi t-ra va bosimning pasayishidan sodir boʻladi. Magma oʻchogʻida minerallar birin-ketin, avval qiyin eriydiganlari (olivin, piroksen va b.), keyin oson eriydigan (amfibollar, slyudalar, dala shpatlari, kvars va b.)lari kristallanib asta-sekin choʻkadi. Bazalt magmasidan kristallanish Differensiatsiya natijasida maʼlum togʻ jinslarining deyarli hamma xillari hosil boʻladi deb hisoblaydilar. Magma Differensiatsiyasida turli togʻ jinslaridan tashqari magmatik ruda konlari ham qosil boʻladi.

Prev Article

DIFFERENSIALLASH

Next Article

DIFFUZ TUMANLIKLAR