DIODOR

DIODOR Sitsiliyalik (mil. av. taxm. 90—21) — yunon tarixchisi. «Tarix kutubxonasi» asari (40 kitob; 1—5 va 11—20 kitoblargina saqlanib qolgan, qolganlari — parchalar holda) muallifi. Diodorning bu asarida Qad. Sharq, Yunoniston va Rim tarixi afsonaviy davrlardan to mil. av. 1-a. oʻrtalarigacha tadrijiy suratda bayon etilgan. Filipp I va Aleksandrning hukmronligi davri bayoni diqqatga sazovor. Asar Sitsiliyadagi qullar qoʻzgʻoloni (mil. av. 2-a.) haqida bosh manba hisoblanadi.

Prev Article

DIOGEN SINOPLIK

Next Article

DIOKLETIAN