Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

DIPLODOK

DIPLODOK (Diplodocus) — qazilma holida topilgan sudralib yuruvchilar urugʻi. Dinozavrlar guruhiga kiradi. Shim. Amerikaning yura qatlamidan topilgan. Boʻyi 25 m ga yaqin, boshi kichkina, gavdasi kalta, dumi va boʻyni uzun boʻlgan. Oʻsimliklar bilan oziqlangan bir qancha turlari maʼlum.

Prev Article

DIPLEURULA

Next Article

DIPLOID