Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

DIVIZIYA

DIVIZIYA (lot. divisio — boʻlinish) — koʻpgina davlatlarning turli xildagi qurolli kuchlari va qoʻshin turlarida asosiy taktik birlashma. Birinchi boʻlib Diviziya 17-a. da Fransiyada, 18-a. ning boshlarida Rossiyada paydo boʻldi. Diviziya polklar (brigadalar) yoki batalyonlar, shuningdek, turli qoʻshin turlarining qism va boʻlinmalaridan va maxsus qoʻshinlaridan iborat. OʻzR Qurolli Kuchlarida qoʻshinlarni Diviziyaga ajratish yoʻq.

Prev Article

DIVIZION

Next Article

DIVINIL