DOIM YASHIL OʻSIMLIKLAR

DOIM YASHIL OʻSIMLIKLARyil davomida bargi toʻkilmay yam-yashil boʻlib turadigan oʻsimliklar. Ularning qari barglari uzoq vaqt oz-ozdan toʻkilib, oʻrniga asta-sekin yangi yosh barglar chiqaveradi. Tropik mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu tipdagi oʻsimliklarga dafna, sambitgul, zaytun, magnoliya kabi keng bargli, archa, qaragʻay singari igna bargli daraxtlar kiradi.

Prev Article

DOZIMETRIYA

Next Article

DOIMIY VAKOLATXONA