DOLGOPRUDNIY — RFning Moskva viloyatidagi shahar (1957-y. dan). Moskva sh. dan 18 km shim. dagi t. y. stansiyasi. Aholisi 73,1 ming kishi (1995). Mashinasozlik, nafis organik sintez z-dlari, kema remonti-mexanika zdi, teatr jihozlari f-kasi, Moskva fizika-texnika in-ti, Gidrometeorologiya xizmati Bosh boshqarmasi, Markaziy aerologiya rasadxonasi bor. 30-y. larda Dolgoprudniyda dastlabki dirijabl kurish verfi qurilgan.