DOLIMOV

DOLIMOV Subutoy (1907.23.1 – Toshkent — 1991.24.5) — adabiyotshunos-pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Toshkent pedagogika in-tini tugatgan (1939). Ped. fanlari ilmiy tadqiqot in-tida ilmiy xodim, shoʻba mudiri (1943—57). ToshDU da oʻqituvchi (1957—62), dotsent (1963-y. dan). Oliy va oʻrta maktablar uchun darslikVatan adabiyoti», 1965) va uslubiy qoʻllanmalar («Oʻzbek adabiyoti tarixini oʻqitish metodikasi», 1976; «Adabiyot oʻqitish metodikasi», 1978) muallifi. Ogahiy (Gʻ. Karimov bilan hamkorlikda), Almaiy, LutfiyGul va Navroʻz»), Gulxaniy («Zarbul-masal») asarlarini, folklorga oid «Keng uyning kelinchagi»ni (1976) nashrga tayyorlagan. «Qobusnoma»ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan (1986).

As: Umr saboqlari, T., 1982.

Prev Article

DOLERIT