DOLOMIT

DOLOMIT (frans. mineralogi D. Dolomye nomidan) — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi (CaMgCO3)r Oz mikdorda temir, marganes, kobalt, baʼzan mis, bariy, qoʻrgʻoshin va b. boʻladi. Singoniyasi trigonal. Romb, donador, buyraksimon shakllarda uchraydi. Rangi kulrang oq, sariq, kulrang-yashil. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 3,5—4. Zichligi 2,9 g/sm3. Tabiatda keng tarqalgan. Dolomit konlari Rossiya (Ural), Ukrainada bor. Oʻzbekistonda Dolomit gidrotermal, polimetall konlarida (Xondiza, Uchquloch, Qoʻrgʻoshinkon va b.) kvars, barit, pirit, sfalerit, galenit b-n yertomirlar hosil qilgan. Zirabuloq va Ziyovuddin togʻlarida silur davri, Chatqol, Qurama va Nurota togʻlarida devon davri choʻkindi jinslarida Dolomitning qalin qatlamlari mavjud. Dolomit metallurgiya, kimyo sanoatida flyus, termoizolyatsiya materiali sifatida va qurilishda ishlatiladi.

Prev Article

DOLINSK MANZILGOHI

Next Article

DOLCHIN