DOZOR

DOZOR (rus.) — qoʻriklash, razvedka va aloqa ishlari olib boruvchi harbiy qism. Piyoda (oʻqchi) askarlar, jangovar mashina va harbiy-dengiz floti kemalaridan kichik boʻlinma tarzida tashkil topadi. Vazifasi — yurishda qoʻshinlarni dushman hujumidan ogohlantirib turish (qoʻriqlovchi Dozor), dush-manning qayerda joylashganini aniqlash (razvedkachi Dozor), jangovar tartibdagi qismlar bilan aloqa qilib turish (aloqachi Dozor) va b. D. tarkibi vazifa va sharoitga bogʻliq boʻladi.

Prev Article

DOZIMETRIYA NAZORATI

Next Article

DOIMIY VAKOLATXONA