DRAVIDLAR

DRAVIDLAR — Jan. Hindistonda yashovchi xalqlar guruhi (telugular, tamillar, malayalilar, kannaralar, gondlar, oraonlar va b.). Pokiston hamda Eron va Afgʻonistonning qoʻshni r-nlarida (braguylar) yashaydi. Jan. hind irqiga mansub. Dravid tillarida soʻzlashadi. Hindiston ya. o. ning tub joy aholisi. Dravidlar haqidagi ilk maʼlumotlar (Upanishad, Mahabxarata) qad. hind adabiy yodgorliklarida keltiriladi. Bu esa Dravidlar oriy qabilalarining shim. Hindistonga bostirib kirguniga qadar tub aholi boʻlganini koʻrsatadi. Baʼzi tadqiqotchilar Dravidlarni mil. av. 4-ming yillikda Gʻarbiy Osiyodan koʻchib kelgan deb hisoblaydilar. Dravidlar tarixiy taraqqiyot davomida oʻzlarining boy madaniyatlari (Xarappa madaniyati, Mohenjoda) ni vujudga keltirganlar. Dravidlar orasida hinduizm, xristianlik, islom, togʻli va oʻrmonzor r-nlarida yashaydigan aholi oʻrtasida ibtidoiy diniy tasavvurlar yoyilgan. Aholining koʻpchiligi qishloqlarda yashaydi. Dexdonchilik (guruchdan yiliga ikki marta hosil olinadi, koks palmasi, choy, kofe, kauchuk daraxti), chorvachilik (qoʻy, echki), hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar (q. Hindiston).

Prev Article

DOGʻLI ANTRAKNOZ

Next Article

DRAYZER