DRENAJ

DRENAJ (tibbiyotda) — jarohat yoki tana boʻshligʻidagi suyuqlikni shimib va soʻrib tashqariga chiqarish uchun qoʻllaniladigan maxsus buyumlar, ularga shasha doka turundalar, rezina yoki xlorvinildan yasalgan naychalar kiradi. Bu moslamalar koʻkrak boʻshligʻi, oʻt yoʻli, siydik yoʻli va qovuqni drenajlash uchun ishlatiladi. Drenajlar faol va passiv, ichki va tashqi, klapanli va klapansiz, rezina va plastmassa turlariga boʻlinadi. Qaysi aʼzoga koʻllanilishiga qarab: maxsus yasalgan ballonli, koʻp kanalli, rezina pardali, yopiq sistema shaklida ishlangan Drenajlar tanlanadi.

Prev Article

DREL

Next Article

DRENAJ MASHINALARI