DREZDEN

DREZDEN — Germaniyadagi shahar, Elba daryosi boʻyida. Saksoniya yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 452,8 ming kishi (1998). Mamlakatning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Dare porti, t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mashinasozlik, ayniqsa elektrotexnika va radioelektronika, priborsozlik, optika buyumlari i. ch. va anik, mashinasozlik (rentgen va kino apparaturalari) sanoati rivojlangan. Qadimdan chinni va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, kimyofarmatsevtika, poligrafiya, mebel va oziq-ovqat (ayniqsa, tamaki va shokolad) korxonalari bor.

Drezden shahar sifatida dastlab 1216-y. dan tilga olingan. 1485-y. dan Vettin gersoglari qarorgohi, 1806-y. dan Saksoniya qirolligining poytaxti. Napoleon urushlari davrida (1813-y. 26—27 avg.) D. yonida katta jang boʻlgan. 2-ja-hon urushi oxirida (1945-y. fev.) D. qattiq bombardimon qilingan.

Drezdenda meʼmoriy yodgorlik koʻp, jumladan Yapon saroyi (1715—41), Pilnis saroy-bogʻ majmuasi (1720—24), kurfyurstlar qasri (1200), Svinger saroyi (1711 — 1722) va b. Yangi kuril gan meʼmoriy binolari: Matbuot uyi (1960-68), Madaniyat saroyi (1970) va b. Drezden kartinalar galereyasi, tarix muzeyi, chinni buyumlar muzeyi, xalq sanʼati muzeyi, texnika un-ti, ped. instituti, yirik kutubxonalar bor. Drezden yadro tadqiqotlari markazi. Turizm rivojlangan.

Prev Article

DRAP