DUMPARAST

DUMPARAST, uzunquyruq (Terpsiphone-paradisi) — chumchuqsimonlar turkumining pashshaxoʻrlar oilasiga mansub qush. Kattaligi chumchuqdek. Narining ikkita dum pati juda uzun, 50 sm gacha yetadi. Dumparast nomi shu tariqa yuzaga kelgan. Jan. Manchjuriya va Primoryedan Oʻrta Osiyogacha tarqalgan. Oʻzbekistonda (Fargʻona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo viloyatlariga) kech bahorda kelib, kuz boshlarida uchib ketadi. Dumparast togʻ hamda togʻ etaklaridagi oʻrmon va bogʻlarda yashaydi. Daraxtda uya quradi. 4—5 dona tuxum qoʻyadi. Turli hasharotlar bilan oziklanadi. Oʻzbekistonda alohida muhofazaga muhtoj.

Prev Article

DUMLUPINAR

Next Article

DUMPKAR