DUMPKAR

DUMPKAR (ing. dampcar) — yuklarni qisqa masofaga (2 km gacha) tashib, oʻzi agʻdaradigan tepasi ochiq vagon. D. da kumir, ruda, qurilish materiallari va b. tashiladi. Dumpkar kuzovi pnevmatik yoki gidravlik qurilma yordamida yukni yon tomonga agʻdaradi. Dumpkarga 60—180 t gacha yuk ortish mumkin. Boshqa vagonlardan afzalligi shuki, u istalgan yukni 1,5 min. da agʻdarishga imkon beradi.

Prev Article

DUMPARAST

Next Article

DUMSIZ AMFIBIYALAR