DUO

DUO — xudoga iltijo qilib, oʻzi yoki boshqalar uchun uzoq umr, baxt, najot tilash va yomonlikni qaytarishni soʻrash. Bunda Duo qiluvchi maʼlum bir xattiharakatni ado etadi (mas, musulmonlarda ikki qoʻlini yuziga tortib fotiha qiladi). Duo barcha dinlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. U ibtidoiy davrda soʻzning sehrli kuchiga ishonish, uning yordamida ilohiy kuchlardan foydalanish mumkin degan ishonch asosida shakllangan. Duoni qaysi tilda qilishning ahamiyati yoʻq. Lekin islom dini aqidasi boʻyicha, agar talaffuzini oʻrniga qoʻya olsa va mazmunidan ogoh boʻlsa, duoni arab tilida qilish afzaldir. Duoning ikki turi boʻladi. Birinchisi, «maʼsura», yaʼni matni Qurʼon, hadis yoki boshqa diniy manbalarda aniqbelgilab qoʻyilgan Duo lar. Ularni buzmay, qoʻshmay, qanday koʻrsatilgan boʻlsa oʻsha tarzda oʻqiydilar. Ikkinchisi, «muhtaraa», yaʼni Duo matnini oʻzi toʻqib, erkin holatda iltijo qilish. But, sanam va soxta maʼbudalarga yolvorib iltijo qilish ham Duo turiga kiradi. Islom aqidasi boʻyicha, farzand ato etish, shifo berish, baloqazodan asrash, insoftavfiq kabi hojatlar faqat Allohning oʻzidan soʻraladi. Undan boshqadan soʻrashlik shirk va kufr sanaladi.

Prev Article

DUN-XU

Next Article

DUODENOSTAZ