DURRONIYLAR

DURRONIYLAR — afgʻonlarning yirik qabilalar uyushmasi. Umumiy soni 3 mln. dan ortiq (1996). Afgʻonistonning jan.-gʻarbiy qismida, shuningdek, mamlakatning yirik shaharlarida, qisman Pokistonda yashaydilar. Pushtu tilida gaplashadi. Islomning sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi. Durroniylar ilgari abdallar deb nomlangan. Afgon davlatining asoschisi Ahmadshox tomonidan Durroniy deb oʻzgartirilgan (1747). Durroniylar zirak va panjpo tarmoqlariga boʻlinadi. Zirak papalzoi, al-kozoi, barakzoi va atsakzoi kabilalari, panjpo nurzoi, alizoi, isʼhoq-zoi qabilalaridan iborat. Deh-qonchilik, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik b-n shugʻullanadilar (yana q. Afgʻoniston, Durroniylar davlati).

Prev Article

DURRES

Next Article

DURUN