EKSPERTIZA

EKSPERTIZA (lot. tajribali) — mutaxassis yoki mutaxassislar guruhi tomonidan u yoki bu sohada malakali yechim talab qilinadigan masalalarni oʻrganish (tibbiy Ekspertiza, sud ekspertizasi, sanʼat E. si, buxgalteriya E. si, ekologik Ekspertiza va boshqalar). Ekspertizaning amaliy yoki hujjat tarzidagi natijasi ekspert (mutaxassis)ning yoki ekspertlar guruhining xulosasi hisoblanadi. Ekspertning fikri majburiy hisoblanmasada, unga qoʻshilmaslik tegishli qarorlar, ajrimlar va hukmda asoslab qayd etilishi kerak. Agar Ekspertiza toʻla yoki yetarli darajada aniq emas deb topilsa, qoʻshimcha E. tayinlanishi mumkin.

Prev Article

EKSPERIMENT

Next Article

EKSPOZITSIYA