Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ELEKTROXOD

ELEKTROXOD — oʻziyurar kema. Oʻzidagi elektr st-yadan, akkumulyatorlar batareyalaridan yoki tashqi kontakt tarmogʻidan energiya olib ishlaydigan elektr dvigatellar bilan harakatga keladi. Elektroxod bosh elektr generatorini harakatga keltiruvchi dvigatellarning tipiga qarab, generatorlari turbinalar yordamida ishlaydigan turbinali (bugʻli yoki gazli) va generatorlari ichki yonuv dvigateli yordamida ishlaydigan dizel Elektroxod

larga boʻlinadi. Akkumulyatorlar bilan ishlaydigan Elektroxod larga suv osti kemasi misol boʻla oladi. Elektroxod, asosan, muzyorar, shatakchi kemalar, paromlar sifatida ishlatiladi.

Prev Article

ELEKTROFOTOGRAFIYA

Next Article

ELEKTROENSEFALOGRAFIYA