ELEMENTAR ANALIZ — organik birikmalardagi uglerod, vodorod, azot, oltingugurt, galogenlar, fosfor va boshqalar elementlarni miqdoriy aniqlash yoki sifat analizida qoʻllanadigan usullar majmui. Elementar analiz 2 bosqichdan iborat:
1) organik birikmani parchalash, yaʼni aniqlanadigan elementni oddiy anorganik birikmalar (mas, karbonat angidrid, suv, vodorod sulfid va boshqalar) koʻrinishida ajratish;
2) sifat yoki miqdoriy analiz usullari bilan elementni aniqlash.