EMBA — Qozogʻistonning Oqtoʻba va Aterov viloyatlaridagi daryo. Mugojar togʻlaridan boshlanib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Uz. 712 km, qavzayeining mayd. 40,4 ming km2. E., asosan, qor suvlaridan toʻyinadi. Mart oxiri — apr. boshlarida sersuv, boshqa vaqtlarda esa suvi juda kamayib ketadi. Faqat kuzgi yomgʻirlar vaqtida bir oz suvi koʻpayishi mumkin. Oʻrtacha yillik suv sarfi (Oroltoʻbe ovuli yonida) 17,5 m3/sek. Suv ozligidan ayrim qurgʻoqchil yillarda Embaning etak qismi qurib qoladi. Emba noyab. oxiridan mart oxirlarigacha muzlab yotadi.