EVOLYUTSIYA (biologiyada) tirik organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. Evolyutsiyada tabiiy tanlanish taʼsirida mutatsiyalardan organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan belgilar va xususiyatlar kombinatsiyasi shakllanadi. Evolyutsion oʻzgarishlar dastlab yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida populyatsiyalarda namoyon boʻladi (q. Mikroevolyuiiya). Evolyutsiyaning elementar omillari qatoriga mutatsiya va tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi individlar sonining oʻzgarib turishi va populyatsiyalarning alohidalanishi (q. Genlar dreyfi), shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi. Populyatsiyalardagi evolyutsion oʻzgarish yangi turlarning hosil boʻlishiga (q. Tur hosil boʻlishi) yoki turining oʻzgarishiga olib keladi. Evolyutsiya sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari, tezligi va uning umumiy qonuniyatlari evolyutsion biol. oʻrganadi (q. Evolyutsion taʼaimot). Baʼzan «Evolyutsiya» terminining filogenez termini sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi. «Evolyutsiya» soʻzi birinchi marta Shveysariya tabiatshunosi va faylasufi Sh. Bonne (1762) tomonidan embriologiyaga oid ishlarda qoʻllangan.