FALSAFA VA HUQUQ INSTITUTI, Oʻzbekiston FA I. M. Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti — falsafa va huquq fanlari sohasida i. t. lar olib boruvchi muassasa. Oʻzbekistonda huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, milliy istiklol gʻoyasi va uni singdirish muammolarini tadqiq etish, shu sohalarda yuqori malakali xodimlar tayyorlash intning asosiy vazifasidir. Toshkentda 1958-y. da Oʻzbekiston FA Prezidiumi huzuridagi Falsafa va huquq boʻlimi asosida tashkil etilgan. I. M. Moʻminov intning tashkilotchisi va birinchi direktori boʻlgan (1975-y. da intga uning nomi berilgan).
Int olimlari 3 ta fundamental, 11 ta amaliy, 1 ta innovatsiyey mavzularni tadqiq etish bilan birga, Oʻzbekiston qoʻllabquvvatlash jamgʻarmasining 2 ta mavzui boʻyicha ilmiy ish olib bormoqda. Shuningdek, intda milliy istiqol gʻoyasi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish va davlat hayotini erkinlashtirish muammolari bilan bogʻliq 15 ta mavzu boʻyicha i. t. lar olib borilayapti.
Intning falsafa boʻlimlarida ajdodlarimizning falsafiy ilmiy merosini yangicha metodologik, nazariygʻoyaviy yondashuvlar asosida tadqiq etish; milliy va umuminsoniy kadriyatlarni oʻrganish, tiklash, hayotga joriy qilish boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Huquq boʻlimlarida Oʻzbekistonda adolatli demokratik xuquqiy davlat qurishning asosiy tamoyillari, huquqiy davlatchilikning konstituiiyaviy asoslarini yaratish muammolari, islom huquqshunosligi oʻrganilyapti. Tadqiqotlar natijalari oʻquv dasturlari, darsliklar, monografiya, risola va maqolalar tarzida chop etilmokda.
Keyingi paytda int olimlari mutaxassislar bilan birgalikda «Mustaqillik lugʻati» (22 b. t.), «Falsafa: qomusiy lugʻat» (75 b. t.), «Falsafa: qisqacha izohli lugʻat» (25 b. t.), «Jahon falsafasi tarixidan lavhalar», «Gʻarb falsafasi» va b. kitoblarni nashr etdi. Intda Sharq madaniyati, falsafasini oʻrganish yoʻlga qoʻyildi, oʻzbek va sharq xalqlari tafakkuridagi mushtaraklik va oʻziga xoslik masalalariga oid asarlar tayyorlanmokda. Int Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati bilan hammuassislikda «Falsafa va huquq» jur. ni nashr etadi. Intda 13 fan dri, 20 ga yaqin fan nomzodi hamda ilmiy xodimlar ishlaydi (2004). Int . huzurida nomzodlik, drlik dissertatsiyalari himoyasi boʻyicha ixtisoslashgan kengash, aspirantura, doktorantura bor. Intda Oʻzbekiston FA akad.
lari M. Barashov, A. Valiyev, M. Xayrullayev, SSHermuhamedov, H. Sulaymonova, muxbir aʼzosi O. Eshonov va b. faoliyat koʻrsatishgan.