FARENGEYT

FARENGEYT (Fahrenheit) Gabriyel Daniyel (1686—1736) — nemis fizigi. Buyuk Britaniya va Niderlandiyada ishlagan. Spirtli (1709) va simobli (1714) termometrlar yasagan. Oʻz nomi bilan ataladigan temperatura shkalasini taklif qilgan. Unda umum qabul qilingan tayanch nuqtalari normal atm. bosimida muzning erish nuqtasi bilan suvning qaynash nuqtasi orasida t-ra intervali 180 boʻlakka — Farengeyt gradusi (°Gʻ) ga boʻlingan. Muzning erish nuqtasi Farengeyt shkalasida 32°Gʻ, suvning qaynash nuqtasi 212° Gʻ deb olingan (yana q. Gradus).

Prev Article

FARD

Next Article

FARER OROLLARI