FARGʻONA KIMYOVIY TOLALAR ZAVODI — kimyo sanoatining yirik korxonasi. «Oʻzkimyosanoat» davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibida, davlat korxonasi maqomiga ega. Diatsetatsellyuloza, atseton va kaprolaktamdan toʻqimachilik va trikotaj sanoati uchun yaxlit atsetat iplar, poliamid6 granulalari, poliamid iplar, avtomobil shinalari kordi qoplamasi ishlab chiqaradi.
Korxona 1969-y. dan atsetat iplari i. ch. yoʻnalishida ishga tushirilgan. 1998-y. da plastmassa, kolbasa pusti, avtomobil gʻildiraklari uchun shina, rezinatexnika asboblari ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan poliamid granulalari i. ch. sexida Germaniya uskunalari oʻrnatildi. Mahsulotlari Jan. Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Turkiya, Portugaliyaga eksport qilinadi.