FARHOD — Sharq xalklari ogʻzaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. F. qad. mifologiya va folklorda togʻ qahramoni sifatida tasvirlangan. Rivoyatlarda Farhod afsonaviy kuchlardan ham yuqori qoʻyilgan. Badiiy adabiyotda dastlab forstojik shoiri Ogʻochiy (10—11-a. lar) sheʼrlarida tilga olingan. Balʼamiy («Tarixi Tabariy»), Abu Dulaf («Risolai soniya») asarlarida Farhod Shirin b-n bogʻliq qahramon sifatida eslangan. Sharq adabiyotida birinchi boʻlibʻ Nizomiy Farhod obrazini keng epik planda tasvirlagan. 14-a. da Nizomiy dostonini Qutb turkiyga tarjima qilgan. Xusrav Dehlaviy «Shirin va Xusrav»ida Nizomiy izidan borgan. Farhod obraziga ayrim anikliklar kiritgan. Nizomiyda Farhodning kelib chiqishi haqida maʼlumot yoʻq. Xusrav Dehlaviyda u Chin xoqonining oʻgʻli. Lekin ularda Farhod qahramon darajasiga koʻtarilmagan. Orif Ardabiliyning «Farhodnoma» dostoni (1369) dan boshlab Farhod markaziy qahramon sifatida tasvirlana boshlagan. Farhodning mukammal epik obrazini Navoiy yaratgan. Navoiy Farhod obrazi orqali ideal inson xaqidagi gumanistik qarashlarini ifodalab, eng yuksak insoniy fazilatlarni madh etgan. Navoiy dostonda Farhod va Shirinning chin sevgisi haqida hikoya qiladi va shu muhabbat fonida ijtimoiy dayot muammolarini yoritadi. Keyinroq Farhod haqida Kavsariy, Nizoriy va b. dostonlar yaratdilar. Soʻnggi davr dostonlari va sahna asarlarida ham Farhod obrazi yaratilgan (Xurshid, «Farhod va Shirin»; Samad Vurgʻun, «Farhod va Shirin»; Skosirev, «Farxod» va b.).
Ad.: Sharq adabiyotida Farhod qissasi, T., 1985.