FARHOD

FARHOD — Samarkand viloyatidagi shaharcha. Zarafshon daryosining oʻng sohilida joylashgan. Samarqand sh. dan 6 km. Aholisi 4,8 ming kishi (2003). 1981-y. da tashkil etilgan. Samarkand shahar Kengashiga qaraydi.

Farhodda temirbeton plitalar i. ch., asfaltshagʻal saralash z-dlari, Oʻzbekiston—Angliya—AQSH «OʻzBAT» (tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladi), Oʻzbekiston—Turkiya (toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi) qoʻshma korxonalari, suv xoʻjaligi qurilish taʼminoti boshqarmasi, avtokorxona, zovurariqlarni tozalash mexanizatsiyalashgan birlashmasi bor. 3 umumiy taʼlim, musiqa maktablari, sport maydoni, kasalxona, poliklinika, 5 dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.

Next Article

FARHOD