FARMER (Farmer) Genri Jorj (1882. 17.1, Birr, Irlandiya — 1965.30.12, Karluk, Lanark grafligi) — ingliz musiqashunosi, dirijyor, kompozitor. Yevropada musiqiy sharqshunoslik fanining asoschilaridan. Glazgo un-tini tugatgan (1910). Angliyaning turli teatrlarida dirijyor (1910—47), Glazgo un-ti oʻqituvchisi va kutubxonaning musiqiy boʻlimi mudiri (1934-y. dan). 1916-y. dan Sharq xalklari musiqa madaniyati, xususan, Forobiy, Ibn Sino va b. ning musika risolalarini oʻrganib, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida maʼruzalar oʻqigan, oʻnlab kitoblar nashr etgan («Arab musiqasi tarixi 13 a. gacha», 1929; «Sharq musiqa cholgʻulari», 1931; «Islom musiqasi», 1957 va b.).