FAZO

FAZO (matematikada) — mantiqiy fikrlanuvchi shakllar yoki biror konstruksiyalar amalga oshiriladigan muhit. Mac, elementar geometriyada tekislik yoki fazo turli shakllar yasaladigan muhit boʻladi. Fazo dagi oʻzaro bogʻlovchi munosabatlar ichki tuzilishi (strukturasi) jihatidan odatdagi fazoviy munosabatlarga oʻxshash. Tarixiy nuqtayi nazardan matematik Fazo real Fazoning taqribiy abstrakt qiyofasini ifodalovchi 3 oʻlchovli Yevklid fazosiamr. Mat., mexanika, fizikaning rivojlanib borishi bilan Yevklid fazosi, Yevklid geometriyasining tushunchalarini sekinasta umumlashtirish va oʻzgartirish natijasida «Fazo» ning hozirgi umumiy tushunchasi vujudga keldi. 19-a. ning 1yarmida yaratilgan Lobachevskiy F. si, l oʻlchovli Yevklid Fazosi tushunchalari Yevklidning 3 oʻlchovli Fazo sidan ancha farq qiladi.

Matematik Fazo toʻgʻrisidagi umumiy tushunchani 1854-y. da B. Riman olgʻa surgan. Bu tushuncha keyinchalik kengaytirilib, unga anikliklar kiritildi. Natijada vektor F., Gilbert fazosi, Riman fazosi, funksional Fazo, topologik Fazo vujudga keldi. Matematikada Fazo sifatida obyektlarning uzluksiz (tutash) toʻplami qaraladi. Bu obyektlar sifatida geometrik figuralar, funksiyalar, fizik tizimlarning turli holatlarini olish mumkin. Ular shu Fazoning «nuqtalari» deb hisoblanadi.

Nuqtalarning toʻplami esa Fazo dagi figura deb karaladi. Matematik Fazo larning qaysi biri real Fazoni yaxshiroq aks ettirishi tajribadan aniqlanadi. Mac, hozir real F. xossalari Riman geometriyaschda Yevklid geometriyasiga nisbatan anikroq aks etishi toʻla toʻkis isbot etilgan (yana q. Geometriya, Matematika).

Prev Article

FAZLIY

Next Article

FAZO VA VAQT