FISHER (Fisher) Robert Jeyms (1943.9.3, Chikago, AQSH) amerikalik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster (1958). Jahonning 11chempioni (B. Spasskiy ustidan gʻalaba qozongan, 1972—75). AQSH ning 8-marta chempioni (1957—67). «Oskar» shaxmat mukofoti sovrindori (1970—72). «Esdan chiqmas 60 partiyam» kitobini yozgan (1969).