FLORENSIYA

FLORENSIYA — Italiyaning markaziy qismidagi shaxar. Arno daryosi boʻyida. Toskana viloyati va Florensiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 352,2 ming kishi (2001). Mamlakatning muxim sanoat va madaniy markazi. Metallurgiya, mashinasozlik (xususan, ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika, radioelektronika, fotoapparatlar, astronomiya priborlari i. ch.) sanoatlari rivojlangan. Kime, neftni qayta ishlash, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, oynashisha, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilikda badiiy buyumlar tayyorlanadi. Unt (1321), konservatoriya, badiiy akademiya, Toskana Fanlar va adabiyot akademiyasi, Yevropada eng qad. botanika bogʻi (1545), astrofizika rasadxonasi, mashhur kartinalar galereyalari (Uffitsi, Pitti va b.), etrusskirim, fan tarixi, paleontologiya muzeylari, teatrlar bor. F. — dunyoga mashhur shaharmuzey.

Ulugʻvor binolari, asosan, Uygʻonish davrida bunyod etilgan. Oʻsha davrda qurilgan saroypalassolar, Strossi palassosi, Pitti saroypalassosi, SantaMariya del Fyore cherkovi, serhasham baptisteriy, Uffitsi galereyasi, koʻpriklari Florensiyaning eng muhim meʼmoriy yodgorliklari hisoblanadi. Zamonaviy binolar, asosan, shahar atrofida qurilmoqda.

Florensiya qad. etrusski qishlogʻi oʻrnida rimliklar tomonidan mil. av. 1-a. da barpo etilgan. 10 —11-a. larda Toskana markgrafligi tarkibiga kirgan. 11-a. da muhim savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. 13-a. ning 2yarmidan F. Gʻarbiy Yevropa bank ishlari markaziga aylandi, 14-a. da shaharda jun sanoati ravnaq topdi. 1865 —71 y. larda birlashgan Italiya poytaxti. Shahar 1966-y. suv toshqinidan katta talafot koʻrgan.

Florensiyada «Florensiya mayi» xalqaro musika festivali, badiiy kurgazmalar oʻtkaziladi. Turizm rivojlangan.

Prev Article

FLORA OBLASTLARI