FLORIDA

FLORIDA — AQSHning jan. qismidagi shtat. Florida ya. o., materikning unga yondosh qismi va FloridaKis o. larida. Mayd. 152 ming km2. Axrlisi 16,7 mln. kishi (2002). Shahar aholisi 85%. Maʼmuriy markazi — Tallaxassi sh., eng yirik sanoat shahri — Jeksonvill. Relyefi tekislik. Iklimi subtropik, jan. da tropik iklim, yanv. ning oʻrtacha trasi shim. da 12°, jan. da 21°, iyulda 26° va 29°. Yillik yogʻin 900 — 1400 mm. Florida hududining katta qismi oʻrmon va botqoqlik. Daryolari qisqa va sersuv. Koʻl koʻp. Q. x. da subtropik oʻsimliklar yetakchi oʻrinda. Yil boʻyi sabzavot yetishtiriladi. Shim. qismida paxta, yer yongʻoq, tamaki, jan. da shakarqamish ekiladi. Shaharlar atrofida sut chorvachiligi va parrandachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. Foydali qazilmalardan fosforit qazib olinadi. Oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, kimyo, radioelektronika, raketasozlik sanoatlari rivojlangan. Kanaveral burnida raketa sinov maydoni va kosmodrom bor. F. da qishki kurort koʻp. Yirik dengiz portlari: Tampa, Jeksonvill, Mayami.

Florida hududini 1513-y. ispanlar pasxa bayrami kuni (ispancha Pascua Florida) kashf etib, shu kunning nomi bilan atashgan. 1763-y. da Bukj Britaniya egallagan. Versal shartnomasiga muvofiq, 1783-y. da yana Ispaniyaga qaytarilgan. 1819-y. dan AQSH tarkibida.

Prev Article

FLORI

Next Article

FLORIDA BOʻGʻOZI