FLORIDA

FLORIDA — Shim. Amerikaning jan. sharqiy qismidagi yarim orol, sharkda Atlantika okeani va garbda Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Mayd. 115 ming km2. Relyefi yassi tekislik, eng baland joyi 100 m. Asosan, ohaktoshlardan tuzilganligi uchun karst relyef shakli koʻp. Iklimi shim. da subtropik, jan. da tropik okean iklimi. Qishi iliq, yozi seryomgir. Yanv. ning oʻrtacha trasi 14 —21°, iyulniki 27 — 29°. Yillik yogʻin 1200 —1400 mm. Kuchli toʻfonlar boʻlib turadi. Koʻl va botqoqlik koʻp. Daryolari qisqa va sersuv. Shim. da subtropik, jan. da tropik oʻsimliklar oʻsadi. Evergleys milliy bogʻi tashkil etilgan. Sharqiy sohil qismida kurort koʻp: Mayami, MayamiBich, UestPalmBich va b. Kanaveral burnida va Merritt o. da kosmik markazga ega Kennedi nomli Sharqiy sinov maydoni joylashgan.

Prev Article

FLORI Pol Jon

Next Article

FLORIDA