FLYUOROGRAFIYA, radiofotografiya, rentgen o f otografiya — rentgenodiagnostika usuli; bunda obyektning rentgen apparati ekranidagi tasviri unchalik katta boʻlmagan fotoplyonkaga tushiriladi. Oʻlchami 70×70 yoki 90×90 boʻlgan flyuorogrammalarda koʻkrak qafasi aʼzolari tasviri olinadi.
Flyuorografiya, asosan, koʻkrak qafasi aʼzolari, sut bezlari, suyak sistemasi va b. ni tekshirishda qoʻllaniladi. Yashirin kechadigan kasalliklarni ommaviy tekshirish mumkinligi uning boshqa rentgenodiagnostik usullardan afzalligidir. Flyuorografiya kabinetlari koʻchma va statsionar boʻladi.