Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

FOBOS

FOBOS (yun. phobos — qoʻrqinch) — Mars sayyorasining yoʻldoshi. 1877-y. da amerikalik astronom A. Xoll kashf etgan. Fobosning uzunligi 27 km va kengligi 21 km boʻlib, aniq shaklsiz jismdan iborat. Sayyoradan oʻrtacha uzokligi 9378 km. Mars atrofini 0,3 sutkada aylanib chiqadi. Fobosning 1971-y. da «Mariner9» yordamida olingan fotosuratlaridan uning sathida kraterlar mavjudligi aniklandi (yana q. Sayyoralarning yoʻldoshlari).

Prev Article

FOBIYALAR

Next Article

FOVIZM