FOLKLOR

FOLKLOR (ing. folk — xalq, lore — bilim, donolik) — xalq ijodini ifodalovchi termin. Fanga 1846-y. da ingliz arxeologi U. J. Toms olib kirgan. 1880—90 yillarda «Folklor» termini koʻplab mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada ham qoʻllana boshlagan. Oʻzbekistonda dastlab, «ogʻzaki adabiyot», «ogʻiz adabiyoti» atamalari qoʻllangan. «Folklor» termini 30-y. larning oʻrtalaridan ishlatila boshlagan. 1939-y. da Hodi Zarifning «Oʻzbek folklori» xrestomatiyasi nashr etilgach, bu termin oʻzbek folklorshunosligida mustahkam oʻrin oldi (q. Xalq ijodi, Folklorshunoslik).

Prev Article

FOLLIKULIT

Next Article

FOLKLORIZM