FOMA AKVINSKIY

FOMA AKVINSKIY (Foma Akvinat; Thomas Aguinas; 1225 yoki 1226, Akuino yaqinidagi Rokkasekka qalʼasi — 1274.7.3, Janubiy Italiya, Fossanuova monastiri) — oʻrta asr faylasufi va sxolastteolog, tomizm asoschisi. 1244-y. dan dominikochilar ordeni monaxi. 1257-yili drlik darajasini olgan. Foma Akvinskiyning obyektividealistik falsafiy tizimi din va aql uygunligi tamoyiliga asoslangan boʻlib, Aristotel taʼlimotini ilohiy jihatdan talqin qilish natijasida vujudga kelgan. Foma Akvinskiy tabiiy borliqning va inson aqlidrokining nisbiy mustaqilligini eʼtirof qilib (tabiiy huquq konsepsiyasi va b.), tabiat xudoning marhamatida, aiyiidrok eʼtiqodda, falsafiy bilish va tabiiy ilohiyot esa gʻayritabiiy vahiyda yakunlanadi, deb hisoblagan. 1323-yili Foma Akvinskiy avliyolar katoriga qoʻshilgan, 1879 i. esa uning taʼlimoti katolitsizmnint birdan bir chin falsafasi deb eʼlon qilingan. Asosiy asarlari: «Majusiylarga qarshi toʻplam» (1261—64), «Ilohiyot toʻplami» (1265—73) va b (yana q. Neotomizm).

Prev Article

FOLKLORSHUNOSLIK

Next Article

FOMA SLAVYANIN