FORS — Eronning jan. dagi tarixiy viloyat. Qadimda Persida (yunoncha), Porso (qad. forscha; arabcha shakli — F.). 7-a. da Forsni arablar bosib olib, uning bosh shahri Istaxrni vayron qilishgan. 7-a. oxirlarida Fors — xorijiylar harakati tarqalgan hudud. F. Buvayhiylar, Solgʻuriylar, Muzaffariylar, Zendlar davlatining oʻzagini tashkil etgan. Bu davlatlarning markazi Sheroz sh. boʻlgan.