FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI (f. i. k.) — biron bir tizim (qurilma, mashina, dvigatel va b.) sarflagan energiyaning samaradorligini ifodalovchi tushuncha; qancha energiya foydali ishga aylanishini, qancha energiya yoʻqolishini koʻrsatadigan son (odatda, foizlarda ifodalanadi). Foydali ishga sarflangan energiyaning mashina olgan umumiy energiya mikdoriga nisbati bilan aniklanadi.
Issiklik dvigatellaridagi f. i. k. — mexanik foydali ishning sarflangan issiklik mikdoriga nisbati, elektr transformatorlardagi f. i. k. — ikkinchi chulgamda olingan elektromagnit energiyasining birlamchi isteʼmol chulgʻamidagi energiyaga nisbati, elektr dvigatellaridagi f. i. k. — foydali mexanik ishning manbadan olingan elektr energiyasiga nisbatidan iborat va b.
Mashinaning umumiy f. i. k. uning ayrim qismlari f. i. k. lari yigindisiga teng. Energiyaning turli koʻrinishda yoʻqolishi tufayli f. i. k. hamisha 1,0 dan kichik boʻladi. Takomillashgan elektr transformatorlarda f. i. k. 98 — 99%, elektr generatorlarida 90—95%, ichki yonuv dvigatellarida 40—50% va issiklik elektr styalarida 35—40%.